Yangiliklar

Image

“Bilimlar estafetasi” qizgʻin, bahs va munozaralarga boy boʻldi

Andijon shahridagi Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻida Andijon mashinasozlik instituti talabalari oʻrtasida “Bilimlar estafetasi” tanlovi oʻtkazildi.

“Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida tashkil etilgan intellektuallar bahsi maqsadi yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, kafedralar kesimida faoliyat yuritayotgan fan toʻgaraklari faoliyatini ommalashtirish, talabalarni kitob mutolaasiga jalb qilish, ularni badiiy va ilmiy savodxonligini oshirishdan iborat boʻldi.

Mazkur bilimlar bahsi Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi tashabbusi bilan bir qator kafedralar hamkorligida tashkil etildi.

Qizgʻin, bahs va munozaralarga boy boʻlgan intellektual oʻyinda barcha fakultetlar talabalaridan iborat jamoalar ishtirok etib, oʻzlarining bilimlarini sinovdan oʻtkazdilar.

Bundan tashqari kompyuter savodxonligini aniqlash maqsadida Muhandislik kompyuter grafikasi boʻyicha ham tanlov tashkil etildi.

Yakuniy natijalarga koʻra gʻolib deb topilgan jamoalar rahbariyat tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan munosib taqdirlandi.

Qidirish