Yangiliklar

Image

Ozodlik, hurriyat, muhabbat kuychisiga ehtirom

Andijon mashinasozlik institutida buyuk rus shoiri Aleksandr Pushkin tavalludining 225-yilligiga bagʻishlangan madaniy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.


Tadbirda soʻzga chiqqanlar mamlakatimizda barcha millat va elat vakillarining adabiyotning moʻjizakor olamidan bahramand boʻlishi uchun zarur sharoitlar toʻliq yaratilganini taʼkidladilar. Shuningdek, buyuk rus adibi Aleksandr Pushkinning hayoti va ijodini, avlodlarga qoldirgan bebaho maʼnaviy merosini oʻrganish, targʻib qilish borasida amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlar haqida soʻz yuritildi.


Darhaqiqat, Pushkin – millionlab adabiyot muxlislari qalbiga haroratli satrlari, magʻrur ovozi kirib borgan ijodkor. Uning asarlarida insonning erki, baxti va saodati, orzu-armonlari, muhabbat va sadoqat tarannum jozibali va taʼsirchan tarzda ulugʻlanadi. Pushkin asarlari, avvalambor, Abdulhamid Choʻlpon, Usmon Nosir kabi maʼrifatparvar jadid bobolarimiz tomonidan ona tilimizga betakror sharqona ohanglarda tarjima qilingan. Mumtoz shoirning benazir ijodi hali hanuz umumbashariy taraqqiyotga, ezgulikka xizmat qilib kelmoqda.


Tadbirda talabalar tomonidan rus va oʻzbek tillarida Pushkin sheʼrlaridan yod aytib, mashhur asarlaridan sahna koʻrinishlari namoyish qilindi.

Qidirish