Andijon mashinasozlik instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish “koplaens-nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi tashabbusi bilan “Ochiq eshiklar kuni» tadbiri oʻtkazildi.
Unda institut rahbariyati, fakultetlar mutasaddilari, boʻlim va kafedra mudirlari, talabalar va ularning ota-onalari, shuningdek, Andijon shahridagi “Choʻlpon 100-yilligi”, “Mehnat”, “Sarbontepa”, “Uzumzor”, “Hamdoʻstlik” hamda “Ozodlik” mahalla fuqarolar yigʻinlarining yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.
Tadbirda soʻzga chiqqan institut rektori maslahatchisi Anvarjon Islomov, Axborot texnologiyalari boʻyicha prorektor Murodjon Sherboyev, profilaktika inspektori Izzatillo Qahhorovlar orrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosati doirasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, xususan institut faoliyatida ochiqlikni taʼminlash, korrupsion xavf-xatarlarning oldini olish, ularni bartaraf etish borasida olib borilayotgan ishlar haqida gapirishdi.
Shuningdek, tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish nafaqat huquqni muhofaza qilish organlarining, balki barchamizning vazifamiz ekanligi qayd etildi. Buning uchun esa jamoatchilik nazoratini kuchaytirish ijobiy samara berishi taʼkidlandi.
Shundan soʻng, Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens-nazorat” timini boshqarish boʻlimi boshligʻi v.v.b. Shuhratbek Ruziyevning Aksilkorrupsiya kovorking markazi faoliyati boʻyicha taqdimoti tinglandi.
Tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha 2023-yilgi reyting natijalari eʼlon qilinib, uning gʻoliblari, yakuniy nazorat imtihonlarida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlashda, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda olib borilgan tadbirlar faol ishtirokchilari hamda “Talaba” sport klubi bilan hamkorlikda “Halollik vaksinasini sport bilan singdirish” shiori ostida oʻtkazilgan stol tennisi boʻyicha musobaqa gʻoliblari faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.