Yangiliklar

Image

“Zakovat” — Zukkolar, tezkorlar va topqirlar bahsi

Andijon shahridagi Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻida “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida “Adabiyot boʻstoni” mavzusida “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi.

Davlatimiz rahbarining “Zakovat” intellektual oʻyinini aholi, oʻrtasida ommaviy maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirishga oid chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida tashkil etilgan intellektual bahsida oʻn ikkita jamoa ishtirok etdi.

Jamoalar adabiyot, mantiq, tarix, psixologiya fani yoʻnalishlari boʻyicha savollarga javob berish orqali oʻzlarining bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi.

Zukkolik, tezkorlik, yuqori bilim va salohiyat talab etgan intellektual oʻyin gʻoliblik uchun murosasiz bahslarga boy kechdi.

Yakunda Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakultetining “Tafakkur” jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Ikkinchi va uchinchi oʻrinlar esa Avtomobilsozlik fakultetining “Serebrum” hamda Iqtisodiyot fakultetining “Iqtisodiyot” jamoalariga nasib qildi.

Qidirish