Yangiliklar

Image

Institutimiz tayanch doktorantlari Hindistondagi xalqaro treningda ishtirok etdi

Andijon mashinasozlik instituti Avtomobilsozlik fakulteti Avtomobilsozlik kafedrasi tayanch doktorantlari Said Abrorxon Yusupov, Biloldan Ismatov hamda Azizbek Zokirjonovlar Xindiston Respublikasi hukumati tomonidan oʻtkazilgan “ITEC International Training Programme on “Electric vehicles and charging ” (ITEC xalqaro oʻquv dasturi “Elektr transport vositalari va zaryadlash stansiyalari”) kursi uchun tanlovda gʻolib boʻlib, ayni paytda ushbu mamlakatda oʻtayotgan xalqaro treningda ishtirok etdi.

Institutimiz vakillari trening davomida oʻzlari ilmiy mavzulari asosida jahonga mashhur professor-olimlardan bilimlarni olib, koʻnikmalarini yanada mustahkamladilar.

Maʼlumot uchun, Hindistonning texnik va iqtisodiy hamkorlik dasturi — Indian Technical and Economic Cooperation Programme (ITEC) tomonidan boshqariladigan ikki tomonlama yordam dasturi hisoblanadi. Dastur innovatsion texnologik hamkorlik orqali rivojlanayotgan mamlakatlarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan talabga asoslangan. Dastur Osiyo, Afrika, Janubiy Amerika, Markaziy va Sharqiy Yevropadagi 158 mamlakatni hamda Tinch okeani va Karib havzasidagi bir qancha davlatlarni qamrab oladi.

Qidirish