Yangiliklar

Image

Oʻzbekistonda din va davlat munosabatlari, diniy va dunyoviylik uygʻunligi

Andijon mashinasozlik instituti Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakultetida “Oʻzbekistonda din va davlat munosabatlari, diniy va dunyoviylik uygʻunligi” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Institut birinchi prorektori Akmal Ermatov, Oltinkoʻl tumanidagi “Oqtepa” masjidi imom xatibi Sanjarbek Mamanazarov, Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakulteti dekani Mahmud Muxtorov hamda institut profilaktika inspektori Izzatillo Qahhorov, professor-oʻqituvchi va talabalar ishtirok etdi.

Erkin muloqot tarzida oʻtkazilgan tadbirda soʻzga chiqqanlar jahonning baʼzi davlatlarida sodir boʻlayotgan siyosiy notinchliklar, ularning asl mohiyati, shuningdek, yurtimizdagi tinchlikning qadriga yetish, fuqarolarni xavfsizligini taʼminlash, yoshlar oʻrtasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarga alohida toʻxtalib, ularning oldini olish choralari haqida fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Tadbir davomida mutaxassis Oʻzbekistonda davlat va din munosabatlarining asosiy tamoyillari, dinning huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatida tutadigan oʻrni va mavqei, sohada yaratilgan mustahkam qonunchilik poydevori, shuningdek, yoshlar oʻrtasida diniy bagʻrikenglik hamda millatlararo totuvlik gʻoyalarini keng targʻib qilish, ularni dunyoviylik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va yoshlarni turli oqimlarga qoʻshilib qolish oqibatida yuzaga kelayotgan ayanchli holatlar haqida maʼruza qilindi.

Tadbir davomida mavzu yuzasidan videorolik namoyish etilib, mutaxassislar talaba-yoshlar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berdilar. 

Qidirish