Yangiliklar

Image

Ilgʻor muhandislik maktablari loyihasini amalga oshirishda Sankt-Peterburg politexnika universiteti bilan hamkorlik qilinadi

Toshkent shahrida “Ilmiy-texnika taraqqiyoti sharoitida oliy texnik taʼlim istiqbollari” mavzusida Oʻzbekiston va Rossiya muhandislik-texnika sohalariga ixtisoslashgan oliygohlar konferensiyasi oʻtkazildi.

Unda Oʻzbekiston va Rossiya tomondan 35dan ortiq oliy taʼlim muassasasi rektorlari, soha mutaxassislari, vazirlik va idoralar masʼullari, jumladan, Andijon mashinasozlik instituti rektori, texnika fanlari doktori Umid Turdialiyev ham ishtirok etdi. 


Konferensiyaning yalpi majlisi doirasida hamkorlik boʻyicha qator shartnomalar imzolandi.

Jumladan, Buyuk Pyotr nomidagi Sankt-Peterburg politexnika universiteti bilan Andijon mashinasozlik institutining Ilgʻor muhandislik maktablari loyihasini amalga oshirishda ekspert va uslubiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ikki tomonlama hamkorlik qilish boʻyicha memorandum imzolandi.

Unga koʻra, tomonlar loyihani birgalikda ishlab chiqish uchun tadbirlar oʻtkazish, oʻquv va ilmiy amaliyot oʻtash uchun kadrlar malakasini oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha qoʻshimcha taʼlim dasturlarini tashkil etish, ixtisoslashtirilgan maslahatlar, ekspert baholashlari va monitoringini taʼminlash nazarda tutilmoqda. Shuningdek, oʻzaro tashriflar va qoʻshma tadbirlarni, shu jumladan tematik konferensiyalar va forumlarni tashkil etish va oʻtkazish, faoliyatga oid axborotlarni almashish, muvofiqlashtirish, materiallar, nashrlar va dayjestlarni tayyorlash va nashr etish, oʻquv qoʻllanma va adabiyotlar tayyorlash belgilangan.

Maʼlumot uchun, mazkur universitet Rossiya iqtisodiyoti va sanoati uchun ilgʻor texnologiyalarni yaratuvchi, eng kuchli ilmiy maktablar anʼanalariga asoslangan, koʻp tarmoqli ilmiy tadqiqotlar va jahon darajasidagi texnologiyalarni birlashtirgan yetakchi tadqiqot va taʼlim markazi hisoblanadi. 

Qidirish