Andijon mashinasozlik institutida “Sport – tinchlik va doʻstlik elchisi” shiori ostida sportning voleybol turi boʻyicha 25 hamda 40 yoshdan yuqori xotin-qizlar oʻrtasida “Rektor kubogi” xalqaro musobaqa oʻtkazildi.
Unda Andijon mashinasozlik instituti hamda Qirgʻiziston Respublikasining Osh texnologiyalar universitetining jamoalari ishtirok etdi.
Musobaqa avvalida ikki oliy taʼlim muassasalari rektorlari Umid Turdialiyev hamda Janbolot Tursunboyevlar soʻzga chiqib, oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlik aloqalari ijobiy natijasini berayotganligini, nafaqat ilmiy balki boshqa sohalarda tajribalar almashinib, amaliyotga tadqiq etilayotganligini taʼkidlashdi. Shuningdek, oʻtkazilayotgan bu kabi sport oʻyinlari munosabatlarni yanada mustahkamlab, haqiqiy doʻstona muhit yaratishini bildirib, ishtirokchilarga omad tiladilar.
Shundan soʻng musobaqaga start berildi va unda jamoalar bor kuch-gʻayratini ishga solib, shiddat bilan oʻzaro oʻyinlarga kirishdi.
Qizgʻin, murosasiz va koʻtarinki ruhda oʻtgan bellashuvlar yakuniga koʻra, 25 hamda 40 yoshdan yuqori yoshdagilar oʻrtasida ham doʻstlik gʻalaba qozondi.
Qayd etish lozim, shu kabi sport musobaqalar jismoniy salomatlik va samimiy doʻstlik ramzi sifatida alohida ahamiyat kasb etdi.