Yangiliklar

Image

“Men Oʻzbekistonlikman” — huquqiy targʻibot aksiyasi oʻtkazildi

Andijon mashinasozlik instituti Elektrotexnika fakultetida adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda “Tengdosh tengdoshga” tamoyili asosida, “Men Oʻzbekistonlikman” shiori ostida keng qamrovli huquqiy targʻibot aksiyasi oʻtkazildi.

Tadbir mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar mazmun-mohiyatini yosh avlodga yetkazish, aholi, ayniqsa yoshlarning huquqiy bilimlarini, intellektual-ijodiy salohiyatini, bilim va koʻnikmalarini oshirish, ularni noanʼanaviy usullar bilan kreativ fikrlash va tahlil qilishga oʻrgatish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga qiziqtirishga koʻmaklashish maqsadida tashkil etildi.

Unda Andijon shahar adliya boʻlimi, Yuridik xizmat koʻrsatish markazi, Toshkent davlat yuridik universiteti oʻqituvchilari va talabalari hamda yuridik texnikumlar oʻquvchilaridan tashkil topgan targʻibot guruhi tomonidan konstitutsiyaviy islohotlar mazmun-mohiyati, qonunchilikdagi yangiliklar, yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida huquqiy maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, “Adliya yoshlarni tadbirkorlikka chorlaydi” shiori ostida otaliqqa olingan yoshlar uchun “Mening startap loyiham” dasturi, “Intellektual marafon”, “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi, “Quiz Test” kabi tanlov va viktorinalar oʻtkazildi.

Tadbir davomida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan toʻlaqonli javob oldilar.

Tadbir mobaynida oʻtkazilgan “Zakovat” intellektual oʻyinida ishtirok etib, gʻoliblikni qoʻlga kiritgan faol yoshlarga Faxriy yorliq hamda esdalik sovgʻalar topshirildi.

Qidirish