Yangiliklar

Image

Maʼrifatli jamiyat – jaholatni qoralaydi

Har qanday jamiyat oʻz istiqbolini, potensial imkoniyatlarini, odamlar ongida maʼnaviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib tasavvur eta olmaydi. Ushbu haqiqatni yashab turgan bugungi zamonimizning rivojlanish xususiyatlari ham tasdiqlab turibdi. 

Maʼnaviyat va maʼrifat omili necha ming yillar osha xalqimizning oʻzligini yoʻqotmay, baʼzi millatlar kabi yoʻq boʻlib ketmasdan saqlanib qolishini taʼminlagan oʻta muhim manba boʻlib xizmat qilgan. Bugun esa oʻz oldiga ulkan rejalar qoʻyib, odimlab borayotgan mamlakatimizning ezgu maqsadlariga erishishi uchun zarur boʻlgan quvvat manbaiga aylangani bejiz emas. Shu bois, yurtimizda maʼnaviyat va maʼrifat masalalariga alohida eʼtibor berib kelinmoqda. 

Andijon mashinasozlik institutida talaba-yoshlar oʻrtasida ijtimoiy-maʼnaviy muhit sogʻlomligini taʼminlash maqsadida “Maʼrifatli jamiyat – jaholatni qoralaydi” mavzuida davra suhbati oʻtkazildi. 

Unda Respublika "Maʼrifat targʻibotchilari” jamiyat aʼzolari - viloyat bosh otinoyisi Shoiraxon Qosimova, institut yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi Muhtaramxon Haliqova, profilaktika inspektori Izzatillo Qahhorovlar tomonidan yoshlar ongida Vatanimizga boʻlgan muhabbat, qadimiy boy tariximizga, oʻz dinimizga sadoqat tuygʻularini yanada shakllantirish, xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalari boʻyicha tushunchalar berildi.

Bugungi tahlikali davrda maʼnaviyat va maʼrifat faqat shu soha xodimlarining, oʻqituvchi va murabbiylarninggina emas, balki barchaning burchi boʻlishi lozimligi taʼkidlandi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga mutaxassislardan atroflicha javob oldilar.

Qidirish