Oila — jamiyatning asosiy boshlangʻich boʻgʻini, goʻzal urf-odatlar, milliy qadriyat va anʼanalarni oʻzida asrovchi, asrlar osha tarbiyada oʻziga xos milliylikni shakllantiruvchi muqaddas maskan. Oila tinch boʻlsa, mahalla tinch, jamiyat farovon, davlat mustahkam boʻladi.
Dunyo boʻylab har yili 15-may — Xalqaro oila kuni sifatida keng nishonlanadi. Bundan asosiy maqsad dunyo jamoatchiligini oiladagi muammolarni bartaraf etish, oila qadriyatlarini mustahkamlash, munosabatlarni tartibga solishdir.
Kun munosabati bilan Andijon mashinasozlik instituti Elektrotexnika fakultetida “Oila – muqaddas dargoh” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Unda maʼruzachilar tomonidan oilaviy munosabatlarning qonun bilan himoyalangani, Konstitutsiya hamda boshqa qonun hujjatlarda oʻz ifodasini topganligini bildirib, yoshlarni oilaga tayyorlash sir-asrorlari, jamiyatda oʻz oʻrinlarini topishlari uchun oʻqib izlanishlari kerakligi haqida oʻzining kerakli maslahat va tavsiyalarini berib oʻtishdi.
Shuningdek, ular oʻz soʻzlarida oila muqaddas qoʻrgʻon ekanligini taʼkidlab, farzandlar tarbiyasi, qaynona-kelin munosabatlari va sabr-qanoat toʻgʻrisidagi hayotiy tajribalari asosida misollar keltirib, gapirib oʻtdilar.
Tadbir davomida guruhlar ishtirokida tanlov tashkil etildi. Unda jamoalar tomonidan mavzuga oid badiiy chiqishlar va sahna koʻrinishlari namoyish etildi.
Hakamlar hayʼatining yakuniy xulosalariga koʻra, gʻoliblik Elektr energetikasi yoʻnalishi K-04-23 guruhi talabalari gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Muqobil energiya manbalari yoʻnalishi K-03-23 hamda Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar yoʻnalishi K-01-23 guruh jamoalari ikkinchi va uchinchi oʻrinlarga sazovor boʻlishdi.
Yakunda gʻolib jamoalari hamda faol ishtirokchilar fakultet dekanining diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.