Yangiliklar

Image

Yosh olimlarimiz Xitoyda stajirovka oʻtamoqda

Shu kunlarda Andijon mashinasozlik instituti Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar kafedrasi dotsenti Zailobiddin Boyxonov hamda Muqobil energiya manbalari kafedrasi tayanch doktoranti Shohrux Baxramovlar Xitoy Xalq Respublikasida boʻlib turibdi.

Ular Shimoliy Xitoy Texnologiyalar universiteti bilan imzolangan oʻzaro anglashuv memorandumiga muvofiq mazkur muassasada bir oylik stajirovka oʻtashmoqda.

Yosh olimlarimiz universitet professor-oʻqituvchilari bilan birga muassasa ilmiy laboratoriyasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.

Shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan olinayotgan elektr energiyasini asosiy tarmoqqa uzatishdagi muammolarga Xitoylik hamkorlar bilan birgalikda yechim topish ustida amaliy ishlamoqdalar.

Andijon mashinasozlik instituti hamda Shimoliy Xitoy Texnologiyalar universiteti oʻrtasida 2018-yilda hamkorlik memorandumi imzolangan boʻlib, unga koʻra, ikki tomonlama oʻzaro tajriba almashish, ilmiy tadqiqot ishlarni hamkorlikda olib borish, ilmiy loyihalarini tayyorlash kabi masalalar amalga oshirib kelinmoqda.

Qidirish