Prezidentimizning 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida ijrosini taʼminlash maqsadida Andijon mashinasozlik instituti ishlab chiqarish korxonalari bilan uzviy integratsiyasini amalga oshirib kelmoqda.
Qaror ijrosi doirasida viloyatdagi qator korxonalar bilan hamkorlikda 5+1 va 4+2 innovatsion oʻquv modellari asosida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlanmoqda. Jumladan, ishlab chiqilgan ushbu innovatsion oʻquv modellari boʻyicha korxona va tashkilotlar doimiy ravishda oʻquv-amaliyot mashgʻulotlari oʻtkazib kelinmoqda. Bunda talabalar nazariy bilimni amaliyot bilan mustahkamlab borishmoqda.
Kuni kecha Elektrotexnika fakulteti Energiya tejamkorligi va energoaudit yoʻnalishi k-05-23 guruh talabalari uchun 5+1 dasturi doirasida “Yulduz” podstansiyasida amaliy dars oʻtkazildi.
Muqobil energiya manbalari kafedrasi mudiri Yoʻlchiyev Mashʼalbek tomonidan tashkil etilgan amaliyot davomida talabalar podstansiya faoliyati bilan yaqindan tanishib, darslarda olgan nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq jarayonlarini kuzatdilar.
Maʼlumot uchun, “Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali tarkibida faoliyat yuritadi. 220/110/10 kvli ushbu podstansiya 1968-yilda ishga tushirilgan boʻlib, 2020-yilda modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari amalga oshirilgan.
Podstansiyada 14 dona 110 kV yacheyka boʻlib, 10 dona 110 kV liniyalar va 10 dona 10 kV fiderlar orqali Andijon viloyati shahar va tumanlaridagi aholi hamda ijtimoiy soha obyektlari, kichik va oʻrta biznes vakillari bilan bir qatorda sanoat korxonalarini elektr energiyasi bilan taʼminlaydi.