Ushbu muzeyi eksponatlarga boy maskanlardan biri boʻlib, bu yerda tizim tarixiga oid mingga yaqin eksponat va ashyolar oʻrin olgan.
Sayohat davomida talabalarga ichki ishlar tizimining oʻtmishi, shakllanish bosqichlari, muzeyda saqlanayotgan eksponatlar haqida keng maʼlumotlar berildi. Shuningdek, Markaziy Osiyo, xususan, Andijonning qadimgi davlatchilik xavfsizligidan boshlab, bugungi kungacha bosib oʻtgan yoʻli, hududiy xavfsizlik va xalq osoyishtaligi yoʻlida xizmat qilgan fidoiylar, turli davrlardagi voqea-hodisalar aks etgan koʻrgazmalar bilan yaqindan tanishildi.
Andijonda jamoat tartibini saqlash xizmatining vujudga kelishi, turli yillarga taalluqli xizmat kiyimlari, qurollar va maxsus vositalar, ayniqsa, mustaqillik yillarida tizimda amalga oshirilgan oʻzgarishlar oʻquvchilarda katta taassurotlar qoldirdi.