Yangiliklar

Image

Yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni barvaqt oldini olish dolzarb vazifa

Andijon mashinasozlik instituti rektori, texnika fanlari doktori Umid Turdialiyev raisligida talabalar oʻrtasida jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirishga bagʻishlagan kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazildi.


Unda prorektorlar, fakultet dekanlari hamda oʻrinbosarlari, kafedra mudirlari, tyutorlar, xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchilar ishtirok etdi.
Yigʻilishda yoshlarni turli salbiy illatlardan, huquqbuzarlik va jinoyat sodir etishiga olib keluvchi tahdid va omillardan asrash, ularga toʻgʻri yoʻl koʻrsatish, ertangi kunimizga befarq boʻlmaslik barchamizning fuqaroviy burchimiz ekanligini taʼkidlandi.

Shuningdek, talabalar oʻrtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilikning barvaqt oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlarni tizimli tashkil etish, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishni taʼminlashga qaratilgan muhim vazifalar toʻgʻrisida maʼruzachilar tomonidan fikr-mulohaza va takliflar bildirildi.

“Kelajagimiz yoshlarning qoʻlida ekanligini unutmagan holda ular tomonidan jinoyat yoki huquqbuzarlik emas, ezgu va bunyodkorlik tashabbuslari chiqishini, shunday ishlar amalga oshirilishini taʼminlash uchun barchamiz birdek harakatda boʻlishimiz kerak. Zero jinoyatchiga jazo berishdan koʻra, uning oldini olish afzal”,- dedi rektor oʻz soʻzida.

Yigʻilishda yoshlarning maʼnaviy dunyosini boyitish, kitob oʻqishni targʻib qilish, jismoniy tarbiya va sportga qiziqtirish orqali turli tanlovlar hamda musobaqalar oʻtkazish jinoyatlarning kelib chiqishini oldini olishga asosiy omil boʻlishini tushuntirib oʻtildi.

Qidirish