Yangiliklar

Image

“Milliy qadriyatlar sayli” oʻtkazildi

Andijon shahridagi Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻida “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida “Milliy qadriyatlar sayli” oʻtkazildi.

Unda Andijon mashinasozlik institut yoshlari tomonidan milliy urf-odat va qadriyatlar koʻrgazmalari, madaniy-maʼrifiy dasturlar namoyish etildi.

Tadbirda maʼnaviyatimizning asosi boʻlgan milliy qadriyatlar xalqimizning ulkan merosi ekanligini taʼkidlandi. Globallashuv davrida yoshlarimizning taʼlim-tarbiyasiga, ongi tafakkuriga tahdidlar kuchayib borayotgan paytda oʻzligimizni, qadriyatlarimizni asrab-avaylash muhim vazifa ekanligi qayd etildi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan folklor xalq ogʻzaki ijodidan chiqishlar, adiblar hayoti va ijodiga bagʻishlangan sahna koʻrinishlari namoyish etildi.

Shuningdek, sheʼrxonlik va gʻazalxonlik kechalari, milliy urf-odatlarimiz, kuy-qoʻshiq va qadriyatlarimizni oʻzida tarannum etgan chiqishlar, koʻrgazmalar boʻlib oʻtdi. 

Shu bilan birga, tosh koʻtarish hamda arqon tortish kabi milliy sport musobaqalari ham oʻtkazildi.

Eng asosiysi, ushbu bayram sayli barcha talaba-yoshlarga va shahrimiz mehmonlariga birdek manzur keldi. Sayl yakunidagi xulosalarga koʻra, bunday koʻngilochar bayram tadbirlari har hafta tashkil etish rejalashtirildi.

Qidirish