Yangiliklar

Image

OTM rektorlar maktab bitiruvchilari bilan ochiq muloqot oʻtkazdi

Andijon tumanidagi 27-umumtaʼlim maktabida viloyatdagi davlat oliy taʼlim muassasalari rektorlarining 11-sinf bitiruvchilari bilan ochiq muloqoti oʻtkazildi.

Andijon viloyati hokimi tashabbusi bilan tashkil etilgan uchrashuvda Boʻtaqora qishlogʻi hududida joylashgan 25, 27, 28 hamda 29-umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 200 nafar bitiruvchi sinf oʻquvchilari ishtirok etdi.

Tadbirda soʻnggi yillarda oliy taʼlim tizimida yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar, oʻzlarining isteʼdodini namoyon qilish uchun mavjud imkoniyatlar, joriy yilgi qabul jarayonlarida kutilayotgan oʻzgarishlar haqida maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, har bir rektor oʻzi rahbarlik qilayotgan taʼlim muassasasi tarixi, mavjud fakultetlar, yoʻnalishlar va mutaxassisliklar, yaratilgan sharoitlar, qabul va oʻqish jarayonlari haqida maʼlumotlar berdilar. Shu bilan birga talabalarning huquq va majburiyatlari, oʻquv jarayonlari, tartib-qoidalarni ham tushuntirdilar. tavsiyalar berildi.

Samimiy ruhda oʻtgan uchrashuvda bitiruvchi yoshlarni qiziqtirgan savollarga rektorlar batafsil javob qaytarishdi.

Uchrashuv davomida oʻqishni davom ettirish bilan bogʻliq jarayonlar haqida maʼlumotlar, taklif va va tavsiyalar berildi.

Barcha ishtirokchilar oliygohlarda oʻtkaziladigan “Ochiq eshiklar kuni”ga taklif qilindi.

Qidirish