Yangiliklar

Image

AndMI rektoriga biriktirilgan yoshlar ehtiyojlari oʻrganilib, zarur yordamlar berilmoqda

Joriy yilda amalga oshirilishi belgilangan davlat dasturiga asosan, “Yoshlar balansi” asosida Andijon mashinasozlik instituti rektoriga Andijon shahridagi “Maʼrifat” mahallasida yashovchi “qizil” toifadagi 23 nafar yoshlar biriktirilgan. Ularni qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy ahvolini oʻrganish, qobiliyatini shakllantirish maqsadida doimiy ravishda uchrashuvlar oʻtkazilib, zarur yordamlar koʻrsatib kelinmoqda.

Bugun ham institut rektori Umid Turdialiyev xonadonma-xonadon yurib oʻziga biriktirilgan Murodjon Urayimjonov, Hayotbek Domlajonov, Sevinch Xoldorbekova, Umidaxon Xojimatova, Xayriniso Kenjayeva, Faxriddin Nozimov va boshqalar bilan uchrashib, suhbatlashdi.

Oʻtkazilgan jonli suhbatlar davomida har bir yoshning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari, qiziqishlari va kelajakdagi rejalari, orzu-niyatlarini hisobga olgan holda alohida “Yoʻl xaritasi” tuzilib, tasdiqlangani, shunga asosan ishlar tashkil etilayotganini bildirdi.

Qoʻlimdan biroz chevarlik keladi. Biroq oʻzimning shaxsiy dastgohlarim yoʻqligi uyda oʻtirib ishlashga muammo tugʻdirar edi. Mart oyida oʻtgan uchrashuvda Mashinasozlik instituti rektoriga shu masalani aytganimda yordam berishini bildirgandi. Toʻgʻrisi, soʻzlariga ishonmagandim. Bugun kutilmaganda uyimizga tikuv mashinalarini olib kelishdi. Bundan juda ham xursandman”,-deydi Xayriniso Kenjayeva.

Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, yoshlar bilan ishlash barcha rahbarlarning, jamoatchilikning, shu bilan birga, butun jamiyatning ustuvor vazifasidir.

Qidirish