Andijon mashinasozlik institutida “Kimyogarlar kuni” munosabati bilan “Alximik” toʻgaragi aʼzolari tomonidan bayram tadbiri oʻtkazildi.
Mazkur tadbir Avtomobilsozlik fakulteti Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyalari kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etildi.
Tadbirda kimyo fanining dunyo va jamiyat hayotidagi oʻrni, iqtisodiyotni rivojlantirishga qoʻshayotgan beqiyos hissasi, ushbu fanning rivojlanishiga hissa qoʻshgan ulugʻ ajdodlarimiz, bugungi kunda Oʻzbekistondagi kimyo sanoatining rivoji haqida qisqacha maʼlumotlar berib oʻtildi.
Shundan soʻng talabalari tomonidan kechaga bagʻishlab tayyorlangan chiqishlar namoyish qilindi. Kechada talabalar tomonidan sheʼrlar, qoʻshiqlar, raqs, sahna koʻrinishlari hamda Kimyo faniga oid amaliy tajribalardan namunalar namoyish qilindi.
Shuningdek, tadbir davomida talabalar oʻrtasida kimyo fani boʻyicha qiziqarli savol-javoblar oʻtkazildi. Iqtidorli talabalar bilan teatrlashtirilgan sahna koʻrinishlari namoyish etildi.
Faol ishtirokchilar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.