Yangiliklar

Image

“Mashinasoz” “Zakovat” boʻyicha respublika chempioni

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Zakovat” intellektual oʻyinining respublika bosqichi oʻtkazildi. 

Unda Oʻzbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi tizimiga kiruvchi tarmoq korxona hamda tashkilotlarida faoliyat koʻrsatib kelayotgan yosh ishchi-xodimlardan tashkil topgan oʻnta jamoa ishtirokchilari oʻz bilim va mahoratlarini sinovdan oʻtkazdi.

“Ushbu bilimlar bellashuvini oʻtkazishdan maqsad metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlaridagi ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etib kelayotgan yoshlarni bilim va koʻnikmasini oshirish, ularni ishchanligini taʼminlashdan iborat. Eng muhimi, tadbir natijasida ularning qobiliyatlari va yangi qirralarini roʻyobga chiqarishdan iborat”, — deydi Andijon mashinasozlik instituti xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi Rasuljon Mamatov. 

Murosasiz kechgan bahslar yakuniga koʻra, Andijon mashinasozlik institutining “Mashinasoz” ()jamoasi barcha berilgan savollarga tezkor va aniq javob qaytarib birinchi oʻrinni egalladi. 
Ikkinchi oʻrin Bekobod metallurgiya kombinatining “Metallurg” hamda Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining “Turin.uz” jamoalari esa sovrindorlar qatoridan munosib oʻrin egallashdi.

Gʻolib va sovrindor jamoalar tashkilotchilarning qimmatbaho va esdalik sovgʻalari hamda diplomlar bilan taqdirlandi. 

Institut jamoasi va talabalari zakovatchilarimizni erishgan ushbu muvaffaqiyatlari bilan chin yurakdan tabriklaydi.

Qidirish