Yangiliklar

Image

Sport bizni birlashtiradi

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan professor-oʻqituvchilar hamda ishchi xodimlar oʻrtasida sportning voleybol va DARTS turlari boʻyicha birinchilik musobaqalari oʻtkazildi. 

“Sport bizni birlashtiradi” shiori ostida oʻtgan bellashuvlar sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, xodimlar oʻrtasida sportni yanada ommalashtirish, ularning salomatligini mustahkamlash, sport bilan muntazam shugʻullanishini ragʻbatlantirish, shuningdek xodimlar oʻrtasida jamoaviy va doʻstona muhitni shakllantirish maqsadida tashkil etildi.

Musobaqalar qizgʻin, murosasiz va voqeliklarga boy boʻldi. 

Voleybol bahslari yakuniy natijalariga koʻra, Tyutorlar jamoasi birinchi oʻrinni egalladi. Transport va logistika fakulteti hamda Mashinasozlik texnologiyasi jamoalari ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni qoʻlga kiritishdi.

Darts boʻyicha musobaqalarda Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakulteti tyutori Ismoiljon Alijonov birinchi, axborot texnologiyalar boʻyicha prorektor Murodjon Sherboyev ikkinchi hamda Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakulteti oʻqituvchisi Mavlonbek Abdusalomov uchinchi oʻrinlarni egallashdi.

Qidirish