Yangiliklar

Image

Talabalarning ilmiy faoliyatga yanada kengroq jalb etish va ularni qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi

Andijon mashinasozlik institutidagi barcha fakultetlarda institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Ulugʻbek Madrahimov ishtirokida “Talabalarning ilmiy faoliyatga yanada kengroq jalb etish va ularni qoʻllab-quvvatlash” mavzusida uchrashuvlar oʻtkazildi.

Uchrashuvlarda institutda innovatsion gʻoyalarni joriy etish va qoʻllab-quvvatlash, yoshlarning ilmiy va ijodiy salohiyatini oshirish, yoshlarning analitik fikrlash, ularni ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatga keng jalb etish, iqtidorli, tashabbuskor yoshlarning oʻz intellektual salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, iqtidorli talabalarni aniqlash va tanlash, moyilligiga qarab, ularni maqsadli maqsadli tayyorlashni tashkil etish, Iqtidorli talabalar faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish boʻyicha dasturlar, ilmiy-tadqiqot, ijodiy ishlarga, ilmiy toʻgaraklarga faol jalb qilish, Respublika va xalqaro miqyosda oʻtkaziladigan ilmiy anjumanlar, fan olimpiadalari, seminarlar, “Yilning ilmiy faol talabasi” hamda Start-up tanlovlar haqida tushunchalar berildi. 

Bundan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat nomdor stipendiyalari, “Umid” jamgʻarmasi, xorijiy fondlar, grantlariga tavsiya qilish boʻyicha oʻzining maslahatlari oʻrtoqlashdi.

Ochiq va samimiy oʻtgan muloqotlar davomida talabalar oʻzlarini qiynayotgan turli muammo va masalalar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Qidirish