Yangiliklar

Image

“Rektor kubogi” musobaqalari oʻtkazildi

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Sport bizni birlashtiradi” shiori ostida professor-oʻqituvchilar hamda ishchi xodimlar oʻrtasida sportning minifutbol turi boʻyicha “Rektor kubogi” musobaqalari oʻtkazildi. 

Bellashuvlar qizgʻin, murosasiz va voqeliklarga boy boʻldi.

Yakuniy natijalarga koʻra, Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakulteti professor-oʻqituvchilari jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni esa Tyutorlar hamda Transport va logistika fakulteti jamoalari egalladi.

Qidirish