Yangiliklar

Image

Biotibbiyot muhandisligi talabalari uchun Karabuk universiteti professori ishtirokida mahorat darsi oʻtkazildi

Andijon mashinasozlik instituti bir necha yillardan buyon Turkiyaning Karabuk universiteti bilan ikki tomonlama hamkorlik qilib kelmoqda. Jumladan, talabalar va professor-oʻqituvchilari oʻzaro tajriba almashilib, hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilib, ilmiy loyihalar amalga oshirilmoqda.

Ayni paytda ushbu universitetda Andijon mashinasozlik instituti tayanch doktoranti Dilmurodjon Joʻrayev ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Uning ilmiy rahbari universitet professori, texnika fanlari doktori Xatiche Evlen xonim hisoblanadi.

Kuni kecha Xatiche xonim Oʻzbekiston Respublikasiga sayohati davomida institutimizga tashrif buyurdi. Uni institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Ulugʻbek Madrahimov hamda Axborot texnologiyalari boʻyicha prorektor Murodjon Sherboyev kutib oldi.

Uchrashuv davomida mehmon institutda professor-oʻqituvchilar hamda talabalarga yaratilgan sharoitlar, oʻquv jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Biotibbiyot yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mahorat darsini oʻtdi. Ochiq va samimiy oʻtgan mahorat darsi davomida talabalarga oʻzining bilim va koʻnikmalarini baham koʻrdi.

“Institutingiz bilan Dilmurod orqali sirtdan tanish edim. Oʻzbekistonga, ayniqsa Andijonga kelish mening orzuyim edim. Bugun muassasada yaratilgan sharoitlarni koʻrib, quvondim. Bugungi uchrashuvda juda koʻp masalalarni muhokama qildik. Ayrim yoʻnalishlar boʻyicha kelishuvga ham erisha oldik”,- deydi Xatiche Evlen xonim.

Qidirish