Yangiliklar

Image

Gulxan atrofidagi dilkash gurunglar

Andijon mashinasozlik instituti 1-son talabalar turar joyida kech oqshomda gulxan yoqilib, adabiy mushoira tashkil etildi.

Unda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, Oʻzbekistonda xalq yozuvchisi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi Muhammad Ali va taniqli ijodkorlar Habib Siddiq, Humoyun Akbarov hamda Xurshida Qoʻchqorovalar ishtirok etdi.

Gulxan atrofida kechgan dilkash gurunglarda yoshlarning ularning orzu intilishlari, muammolari, kelgusi rejalari haqida soʻz bordi.

Vatan va ona xalqqa sadoqat tuygʻusi ulugʻlangan eng sara sheʼrlar ijodkor va talabalar tomonidan oʻqildi.

Tadbirda Iqtisodiyot fakulteti dekan oʻrinbosari Otabek Odilov hamda Mashinasozlik texnologiyasi 4-bosqich talabasi Hamidullo Akbarovlar tomonidan ijodkorlarning sheʼrlariga bastalangan qoʻshiqlar yangradi.

Qayd etish lozim, loyiha doirasida bir hafta davomida talabalar ishtirokida adiblar hayoti va ijodi yuzasidan “Mushoira kechasi”, “Munozara” debat bellashuvlari, “Zakovat” intellektual oʻyinlari, onlayn viktorina va boshqa bir qator adabiy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazildi. Bu kabi tadbirlar talabalarimizning adabiyotga, kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirdi.

Tadbir davomida turli viktorina va mushoiralarda gʻolib boʻlgan talaba yoshlar, jamoalar diplom, qimmatbaho esdalik sovgʻalari hamda pul mukofotlarining vaucherlari bilan taqdirlanishdi. Maʼnaviy kechaga talabalar tomonidan tayyorlangan musiqiy dastur yakun yasadi.

Qidirish