Yangiliklar

Image

Avtomobilsozlik fakulteti talabalari navbatdagi "Zakovat" g‘olibi

⚡️ Davlatimiz rahbarining “Zakovat” intellektual oʻyinini aholi, oʻrtasida ommaviy maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirishga oid chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida har hafta Andijon mashinasozlik institutida turli intellektual tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda.

Kuni kecha oʻtkazilgan navbatdagi “Zakovat” intellektual oʻyini “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida tashkil etildi.

Unda barcha fakultetlarda toʻqqizta jamoa ishtirok etib, oʻzlarining bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi.

Jamoa ishtirokchilariga institutga biriktirilgan taniqli ijodkorlar, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, filologiya fanlari nomzodi, professor Muhammad Ali, shoir va jurnalist, “Jadid” gazetasi bosh muharriri oʻrinbosari Humoyun Akbar hamda shoira, “Shuhrat” medali sohibasi Xurshida Vahobjon qizining hayoti va ijodi boʻyicha savollar berildi. 

Zukkolik, tezkorlik, yuqori bilim va salohiyat talab etgan intellektual oʻyinning murosasiz bahslar yakunida Avtomobilsozlik fakulteti jamoasi birinchi uchinchi oʻringa sazovor boʻldi.

Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari hamda Elektrotexnika fakultetlari jamoalari esa ikkinchi va uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi.

Qidirish