Yangiliklar

Image

“Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida munozara oʻtkazildi

Munozara-debat oʻyinlari bir necha yildan buyon koʻplab yoshlarning tarbiyalanishiga koʻmak berayotgan loyihalardan biri sifatida ahamiyatlidir. Bu loyiha qatʼiy fuqarolik pozitsiyasiga ega, keng dunyoqarashi, mustaqil fikrli yoshlarni tarbiyalamoqda!

Andijon mashinasozlik instituti Axborot-resurs markazida “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida Munozara intellektual oʻyini oʻtkazildi.

Unda Mashinasozlik texnologiyasi hamda Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakultetlari jamoalari adiblarning hayoti va ijodi borasida bellashdilar.

Oʻyin davomida Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali, shoir Humoyun Akbar va shoira Xurshida Vahobjon qizining ijodi boʻyicha munozarali bahslar, jiddiy fikrlar, qarama-qarshi ijobiy raqobatlar tinglandi.

Bellashuv yakunida Mashinasozlik texnologiyasi gʻolib deb topildi. 

Qidirish