Yangiliklar

Image

Institut yoshlar yetakchisi hamda koordinatorlari ADCHTIda oʻtkazilgan Yoshlar akademiyasi forumida ishtirok etdi

Andijon davlat chet tillari institutida “Yangi Oʻzbekiston uchun: tilda, fikrda, ishda birlik!” shiori ostidagi 2-anʼanaviy Yoshlar akademiyasi forumi oʻtkazildi.

Forum doirasida “Taʼlimda yangi texnologiyalar, madaniyatlararo muloqot va chet tilarini rivojlantirish: istiqbollar va yangi yondashuvlar” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.

Unda Fargʻona vodiysi viloyatlaridagi davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalari, jumladan Andijon mashinasozlik instituti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi va koordinatorlari ishtirok etdilar.

Anjuman davomida chet tillari institutining “Fan, Taʼlim, Jamiyat” ilmiy jurnali hamda ingliz tiliga tarjima qilingan Oʻtkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asarini taqdimoti oʻtkazildi.

Shuningdek forum davomida Oliy taʼlim muassasalari boshlangʻich tashkilot yetakchilari oʻrtasida oʻzaro memorandumlar imzolandi. Shuningdek, ishtirokchilar oʻrtasida “LinguaQuiz” intellektual oʻyini ham oʻtkazildi.

Qidirish