Belarus Respublikasining Minsk shahrida Belarus-Oʻzbekiston professional taʼlim birinchi forumi oʻtkazilmoqda. Unda Andijon mashinasozlik instituti rektori Umid Turdialiyev ham ishtirok etmoqda.
Forum doirasida Belarus davlat texnologiyalari universiteti rektori bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda universitet rektori, texnika fanlari doktori, professor Igor Voytov Andijon mashinasozlik instituti rektori Umid Turdialiyevga ilmiy va oliy taʼlim sohasidagi yuqori darajadagi hamkorlik aloqalari uchun "BGTU oldidagi xizmatlari uchun" ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganligini bildirib, tantanali ravishda topshirdi.
Qayd etish lozim, ikki oliy ta'lim muassasalari oʻrtasida uzoq yillardan buyon samarali hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Hamkorlik doirasida shu kunga qadar bir necha marotaba Andijon mashinasozlik instituti professor-oʻqituvchilari va talabalari Belarus davlat texnologiyalari universitetida, Universitet professor-oʻqituvchilari va talabalari esa institutimizda boʻlishib, ilmiy-amaliy konferensiyalar, dars mashgʻulotlarida ishtirok etishdi.
Institut jamoasi va talabalari Umid Muxtoraliyevichni ushbu e'tirof bilan chin qalbdan tabriklaydi.