Yangiliklar

Image

Belarus milliy texnika universiteti bilan qoʻshma taʼlim dasturi yanada kengaymoqda

Belarus Respublikasining Minsk shahrida Belarus-Oʻzbekiston professional taʼlimining birinchi forumi oʻtkazilmoqda.

Unda respublikamizning 14 ta oliy taʼlim muassasalari rektorlari qatorida Andijon mashinasozlik instituti rektori Umid Turdialiyev ham ishtirok etmoqda.

Forum davomida ikki tomonlama hamkorlik masalalari, jumladan professional taʼlim muassasalari tizimini rivojlantirish muhokama qilindi. Muhokamalar jarayonida 17 ta hamkorlik memorandumi, shartnoma va yoʻl xaritalari imzolandi.

Jumladan, Andijon mashinasozlik instituti va Belarus milliy texnika universiteti oʻrtasida qoʻshma taʼlim dasturini amalga oshirish doirasida oʻquv jarayonini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.

Kelishuvga koʻra, 2024-2025-oʻquv yilidan bakalavriat dasturida Intellektual muhandislik tizimlari, Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi, Metallurgiya (metallar turlari boʻyicha), Payvandlash texnologiyasi va uskunalari, Materiallar texnologiyasi (metall shakllantirish), Metall texnologiyasi (jarayon turlari boʻyicha), Metall texnologiyasi (Quyuv zavodi), Biotibbiyot muhandisligi (tashxis va davolashning texnik vositalari) yoʻnalishlari boʻyicha abituriyentlarni qabul qilish rejalashtirilgan. Shuningdek, magistraturada Metallurgiyadagi mashina va uskunalar, Iqtisodiyot (tarmoqlar va hududlar boʻyicha) hamda Intellektual transport tizimlari boʻyicha mutaxassislarni yetishtirish belgilandi.

Qoʻshma taʼlim dasturida tahsil oluvchi talabalar birinchi va ikkinchi bosqichlarda Andijon mashinasozlik institutida, uchinchi, toʻrtinchi bosqichlarda esa Belarusiyada tahsil olishadi.

Forum davom etmoqda.

Qidirish