Yangiliklar

Image

Mushoira kechasi oʻtkazildi

Andijon mashinasozlik instituti Axborot-resurs markazida “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida Mushoira kechasi oʻtkazildi.

Talabalarni kitob mutolaasiga jalb etish hamda badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbirda beshta fakultetdan yigirma nafardan ortiq adabiyot ixlosmandlari ishtirok etdi.

Ishtirokchilar ikkita shart davomida Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali, shoir Humoyun Akbar va shoira Xurshida Vahobjon qizining ijodi boʻyicha bellashdilar.

Birinchi shart davomida talabalar ijodkorlarning tarjimai holi va ijodi haqida qisqacha maʼlumot bergan boʻlsa, ikkinchi shart davomida sheʼriy mushoirada oʻzlarining eslab qolish qobiliyatlarini sinovdan oʻtkazishdi.

Yakuniy natijalarga koʻra, Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari hamda Transport va logistika fakultetlari talabalari esa ikkinchi va uchinchi oʻringa sazovor boʻlishdi.

Gʻoliblar 2-may kuni ijodkorlar ishtirokida oʻtkaziladigan tadbirda taqdirlanadi.

Qidirish