Yangiliklar

Image

Talabalarga moliyaviy savodxonlik boʻyicha master-klass oʻtkazildi

Andijon mashinasozlik instituti Iqtisodiyot fakultetida Iqtisodiyot yoʻnalishi 1-bosqich rus tili guruhi uchun Moliyaviy savodxonlik yuzasidan master-klass oʻtkazildi.

Uni “Invest Finance Bank” aksiyadorlik tijorat banki Andijon viloyat filiali Korporativ mijozlarga xizmat koʻrsatish front ofisi boshligʻi Yoqutxon Umarova olib bordi.

Master klass davomida moliyaviy savodxonlik, bu boradagi bilimlardan oqilona foydalanish, moliyaviy firibgarlik turlari, moliyaviy maqsadlarni belgilash, oilaviy byudjetni yuritish hamda bank xizmatlaridan foydalanish, bank omonatlari orqali jamgʻarma yaratish, ijobiy kredit tarixini shakllantirish va boshqa bir qator mavzularda maʼlumotlar berildi. Shuningdek, byudjetlashtirish, tejash, investitsiya kiritish, kredit va qarz kabi masalalar muhokama qilindi. 

Bundan tashqari mutaxassis mavzu yuzasidan mavjud muammolar hamda ularning amaliy yechimlari boʻyicha oʻz fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashdi.

Talabalar mavzu yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Tadbir soʻnggida faol ishtirokchilar bank filialining esdalik sovgʻalari topshirildi.

Qidirish