Yangiliklar

Image

Rektor oʻziga biriktirilgan mahalla yoshlari bilan uchrashdi

Mamlakatimizda yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimi joriy etilishi natijasida ularning muammolari bevosita oʻz mahallalarida hal etib borilmoqda.

Jumladan, 2024-yilda amalga oshirilishi belgilab olingan davlat dasturiga asosan, “Yoshlar balansi” asosida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat ishtirokidagi korxona va tashkilotlar hamda oliy taʼlim muassasalarining rahbarlariga “ogʻir” toifadagi, shuningdek, isteʼdodli va iqtidorli yoshlar nomma-nom biriktirilgan.

Andijon mashinasozlik institutiga Andijon shahridagi “Maʼrifat” mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi “qizil toifa”dagi eʼtiborga muhtoj 25 nafar yoshlar biriktirilgan. Ular bilan doimiy ravishda uchrashuvlar oʻtkazilib, muammolari oʻrganilmoqda.

Institut rektori, texnika fanlari doktori Umid Turdialiyev bugun “qizil toifa”ga kiritilgan axborot texnologiyalari va boshqa kasb-hunarlarni egallash istagida boʻlgan bir guruh yoshlar bilan uchrashdi. 

Uchrashuv davomida har bir yoshning fikri eshitilib, shunga asosan ularni kasb-hunar, fan, chet tillariga oʻqitish, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun aniq, manzilli ishlar olib borish boʻyicha vazifalar belgilandi.

Qidirish