Yangiliklar

Image

Ibrohimjon “Eng yaxshi mehnat muhofazasi boʻyicha yosh mutaxassis”

28-aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi boʻyicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan” respublika koʻrik-tanlovining Andijon viloyati bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi oʻtkazildi.

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Andijon viloyat Kengashida boʻlib oʻtgan tadbirda korxona, tashkilot va muassasalarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakillari, kasaba uyushma xodimlari va faollari ishtirok etdilar.

Tanlovda “Eng yaxshi tashkilot”, “Eng yaxshi kasaba uyushma qoʻmitasi”, “Eng yaxshi mehnat muhofazasi boʻyicha vakil”, “Eng yaxshi mehnat muhofazasi boʻyicha yosh mutaxassis” nominatsiyalarining gʻoliblari viloyat Kengashi tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Quvonarlisi, Andijon mashinasozlik instituti Fuqarolar va mehnat muhofazasi boʻlimi Yong'in xavfsizligi bo'yicha instruktori Ibrohimjon Soliyev “Eng yaxshi mehnat muhofazasi boʻyicha yosh mutaxassis” nominatsiyasida birinchi oʻrinni egallab, tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Qayd etib oʻtish lozim, tanlovdan koʻzlangan maqsad ishlab chiqarish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining oldini olish, mehnat muhofazasi masalasiga ish beruvchilarning eʼtiborini kuchaytirish va xodimlar salomatligini muhofaza etish hisoblanadi.

Qidirish