Yangiliklar

Image

Buxoroda oliy taʼlimni rivojlantirishning ustuvor vazifalariga bagʻishlangan forum oʻtkazilmoqda

Buxoro davlat universitetida oliy taʼlim muassasalarining oʻquv ishlari boʻyicha prorektorlari ishtirokida “Oliy taʼlimni rivojlantirishning ustuvor vazifalari” I respublika forumi oʻtkazilmoqda.

Ushbu forumda Andijon mashinasozlik instituti oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Suhrobjon Aliyev ham ishtirok etmoqda.

Forum davomida taʼlim jarayonini tashkil etish va sifatini taʼminlash strategiyalari, oliy taʼlimni raqamli texnologiya vositalari asosida boshqarish mexanizmlari, oliy taʼlimni xorijiy adabiyotlar bilan bosqichma-bosqich taʼminlash mexanizmlari, oliy taʼlim muassasalarining oʻzini-oʻzi boshqarish tizimlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish strategiyalari va raqamli taʼlimni tashkil etish kabi mavzulardagi muammo va yangi loyihalar muhokama qilinmoqda.

Qidirish