Yangiliklar

Image

Andijon mashinasozlik instituti kengashining navbatdagi yigʻilishi oʻtkazildi

Elektrotexnika fakultetida boʻlib oʻtgan yigʻilishni institut rektori ochdi va olib bordi.

Yigʻilishda dastlab institut kengashining 2023-2024-oʻquv yili uchun yangilangan tarkibi kiritilgan oʻzgarishlar koʻrib chiqilib, tasdiqlandi. Yangi tarkibda Yoshlar yetakchisining bildirgisiga asosan Kengash tarkibiga uch nafar bakalavriatura, magistratura yoʻnalishlari talabalari ham kiritildi.

Shundan soʻng Andijon mashinasozlik instituti akademik litseyining faoliyati, 2023-2024-oʻquv yilining birinchi yarim yillik yakunlari, professorlik va dotsentlik ilmiy unvoni uchun saylov, doktorant, stajyor tadqiqotchi va mustaqil tadqiqotchilarning 2024-yil birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar haqidagi masalalar koʻrib chiqildi.

Mazkur mavzularda mutasaddilarning maʼruza va hisobotlari tinglandi.

Kengashda koʻrib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qildi. Jumladan, “Andmi Oltin fond” ijtimoiy guruhiga talabalarni qabul qilish Nizomi hamda Andijon viloyatidagi umumtaʼlim maktablarining bitiruvchi 11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida Informatika va axborot texnologiyalari fanidan koʻp bosqichli fan olimpiadalarini oʻtkazish masalalari tasdiqlandi. Bundan tashqari professor-oʻqituvchilar tomonidan tayyorlangan oʻquv adabiyotlarga nashr ruxsatnomalarini berildi. 

Qidirish