Yangiliklar

Image

Andijonda Muhammad Yusuf tavallud topgan kun keng nishonlanmoqda

Andijon shahridagi Muhammad Yusuf maydonida el suygan ijodkor, Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70-yilligi munosabati bilan adabiy-madaniy tadbir boʻlib oʻtdi.

Viloyat hokimligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda shoir va yozuvchilar, adabiyot muxlislari, umumtaʼlim maktablari, oliy oʻquv yurtlari oʻqituvchi, oʻquvchi va talabalari, keng jamoatchilik vakillari, ijodkor yoshlar ishtirok etdi. 

Jumladan Andijon mashinasozlik instituti rektori, prorektorlar, fakultet dekanlari va talabalar ham faol qatnashdi.

Tadbir avvalida ishtirokchilar tomonidan Muhammad Yusuf byusti poyiga gulchambarlar qoʻyilib, marhum shoirga yuksak ehtirom koʻrsatildi.

Tadbirda soʻz olgan viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov shoir hayoti va ijodi, ayniqsa, uning yurtni, yuksak insoniy fazilatlarni ulugʻlovchi betakror satrlari xalqimiz qalbidan mustahkam joy olganligi, shoir sheʼrlari xalqimiz, yoshlarimiz qalbida vatanparvarlik, yurtga fidoyilik tuygʻularini yanada mustahkamlashga xizmat qilishini taʼkidladi.

Mazkur tadbir ishtirokchilarning adabiyot, sheʼriyatga boʻlgan qiziqishi, shoir ijodi haqidagi tasavvurlarini boyitish bilan birga, qalblarida unutilmas taassurotlar qoldirdi. 

Tadbirda ijodkor va havaskor yoshlar tomonidan shoir sheʼrlaridan namunalar, shuningdek, shoirga atab yozilgan sheʼrlar oʻqildi, sanʼatkorlar tomonidan shoir sheʼrlari bilan aytiladigan qoʻshiqlar yangradi.

Qidirish