Yangiliklar

Image

Futbol boʻyicha “Oltin liga” turniriga start berildi

Andijon mashinasozlik institutida professor-oʻqituvchilar, xodimlar va talabalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish hamda ular orasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish maqsadida haftaning har payshanba kunida Sport va salomatlik kuni tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Ushbu haftada tadbirlar doirasida yigitlar oʻrtasida sportning minifutbol turi boʻyicha “Oltin liga” turniri birinchi tur musobaqalari oʻtkazildi.

Har bir fakultetdan ikkitadan jamoa ishtirok etgan bellashuvlar qizgʻin, murosasiz va voqeliklarga boy boʻldi.

Birinchi tur oʻyinlari yakuniy natijalari quyidagicha: “Iqtisodiyotchi” – “Kelajak” 3:3, “Olimp” – “Olimpic” 0:4, “Navroʻz” – “Elektrotexnika” 6:3, “Muhandis” – “Istiqlol” 0:2, “Renessans” – “Tornado” 3:2, “Ziyo” – “Logistika” 1:4.

“Oltin liga” oʻyinlari kelgusi haftada ham davom etadi.

Qidirish