Yangiliklar

Image

Respublika ilmiy-texnik anjumani oʻtkazildi

Andijon mashinasozlik institutida “Xavfsizlik va atrof-muhitni muhofaza qilish muammolarini hal qilishda fan va taʼlimning roli” mavzusida respublika ilmiy-texnik anjumani oʻtkazildi.

Professor-oʻqituvchi, talaba va tadqiqotchilar, soha xodimlari ishtirok etgan anjuman xavfsizlik, atrof-muhitni muhofaza qilishdagi muammolarni muhokama qilish maqsadida tashkil etildi.

Anjuman davomida Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti dotsenti Abdusattor Boymirzayev, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi “Hayot faoliyati xavfsizligi” oʻquv markazi katta oʻqituvchisi Ilhomjon Hamraboyev, boshqarma boʻlim boshligʻi Hasanboy Razzoqov, Andijon davlat universiteti Monopoliyaga qarshi boshqaruv va raqobatni rivojlantirish yoʻnalishi 1-bosqich magistranti Xurshida Orziqulova, Sharda universiteti vakili Gabriel Ogunmola va  boshqalarning mavzuga oid maʼruzalari tinglandi.

Anjumanda “Oʻzbekistonda ekologiya va xavfsizlik masalalari boʻyicha olib borilayotgan islohotlar”, “Hayotiy faoliyat xavfsizligi” fanini oʻqitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol usullarni qoʻllash uslubiyoti”, “Ishlab chiqarish korxonalarida xavfsizlik va atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha olib borilayotgan ishlar”, “Sohada yoʻnalishlarida profilaktika tadbirlarni samaradorligini oshirishning ustuvor vazifasi”, “Favqulodda vaziyatlar davlat tizimidagi islohotlar”, “Mehnatni muhofaza qilish aspektlarida mehnat migratsiyasi” mavzularida yoʻnalishga doir bugungi kunning dolzarb masalalari muhokama qilinib, bir qator takliflar ilgari surildi.

Shuningdek, ishtirokchilar shoʻbalarga boʻlinib, ilmiy izlanishlar samarasini tahlil qilishib, erishilgan yutuqlar va yechimini kutayotgan masalalar xususida munozaralar oʻtkazib, qator dolzarb vazifalarni muhokama etishdi.

Qidirish