Yangiliklar

Image

Oliy attestatsiya komissiyasi raisi tomondan sayyor qabul oʻtkazildi

Andijon mashinasozlik institutida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Ahmadbek Yusupov ishtirokida sayyor qabul oʻtkazildi.

Unda Andijon mashinasozlik, Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar hamda Andijon iqtisodiyot-qurilish institutlari prorektorlari, ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar raislari va kotiblari, tadqiqotchilar hamda doktorantlar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning sifat tarkibini yaxshilashga, jamiyat va davlat ehtiyojlarini, fan, taʼlim, texnika va texnologiyalarni rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlardan foydalanish samaradorligini oshirish borasida olib borilayotgan keng qamrovli ishlar, doktorantlar uchun ilmiy ishlarni yozish tartib-qoidalari boʻyicha umumiy tushunchalar va sohadagi oid boshqa yangiliklar haqida maʼlumotlar berib oʻtildi.

Oʻtkazilgan muloqot davomida ilmiy daraja va unvonlarni berish tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, kengashlarning faoliyati atroflicha tahlil qilindi. 

Sayyor qabul davomida rais yosh olimlar tomonidan ilmiy faoliyat, doktorantura himoya masalalari, komissiya faoliyatiga oid qiynayotgan muammolar boʻyicha berilgan savollarga javob berdi. Shuningdek ishtirokchilarning taklif va fikr-mulohazalarini tingladi.

Qidirish