Yangiliklar

Image

“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida adiblar bilan uchrashuv o‘tkaziladi

Joriy yilning 2 may kuni Andijon mashinasozlik institutida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida mamlakatimiz adabiy muhitiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkaziladi.

Uchrashuv mehmonlari Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi Muhammad Ali, shoir “Jadid” adabiy, ilmiy-maʼrifiy, ijtimoiy gazetasi bosh muharririning birinchi oʻrinbosari, shoir Humoyun Akbarov, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi boshligʻi, shoira Xurshida Vahobjon qizi.

Maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuv shu kuni soat 16:00 da institutning asosiy binosi faollar zalida boʻlib oʻtadi.

Barcha talaba-yoshlarimizni faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!

Qidirish