Yangiliklar

Image

Umidjon “Milliy Brend” foto chellenj gʻolibi

🏛 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori tashabbusi bilan mart oyida “Milliy Brend” nomli foto chellenj eʼlon qilingan edi.

Unda 100 nafarga yaqin talabalar oʻzbek milliy anʼanalari, urf-odatlari va qadriyatlari tarannum etgan milliy obrazlardagi fotosuratlari bilan ishtirok etdi.

Ushbu chellenjda Andijon mashinasozlik instituti Elektrotexnika fakulteti talabasi Umidjon Noʻmonov ham qatnashdi.

Gʻoliblar eng koʻp reaksiya yigʻish orqali aniqlangan ushbu tanlovda Umidjon 649 ta layk bilan uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Kecha institut yoshlar bilan ishlash, maʼnaviy-maʼrifat boʻlimi boshligʻi Muhtaramxon Haliqova gʻoliblikni qoʻlga kiritgan Umidjon Noʻmonovga Talaba-yoshlar markaz direktori Ravshanbek Xudayberganovning Tashakkurnomasi hamda esdalik sovgʻalarini topshirdi.

Qidirish