Yangiliklar

Image

Muhammad Yusuf uy-muzeyiga sayohat uyushtirilmoqda

Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning sheʼrlari oʻzi kabi oddiy, sodda, ammo teran va sermazmun edi. Ularning xalqchilligi, ommabopligining asosiy sabablari ham ana shunda.


Shu sababli ham Marhamat tumanining qovunchi qishlogʻi har yili aprel oyida Muhammad Yusuf ijodi ixlosmandlari bilan gavjum boʻladi. Shoirning bolaligi, maktabi, yashagan hovlisi — barchasi mehmonlar uchun yangi-yangi qirralarni ochib beraveradi.


Bu yil shori tavalludining 70-yilligi keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan Andijon mashinasozlik instituti Elektrotexnika fakulteti talabalari uchun Marhamat tumanida joylashgan uy-muzeyiga sayohat tashkil etildi.


Muhammad Yusuf bolaligi oʻtgan hovlida tashkil qilingan muzey shoir hayotining har yilidan soʻzlab turgandek. Oilasi, kiygan liboslari, qoʻlyozma asarlar, harbiy xizmatdan soʻzlovchi suratlari, maktublar, poytaxtda topilgan baxt-u farzandlar quvonchini namoyon etuvchi koʻrinishlar xuddi shoir yoningizda turgandek hissiyot beradi.

Qidirish