Yangiliklar

Image

Institut xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Buxoroda oʻtkazilgan forumda ishtirok etdi

Buxoro davlat universitetida “Xotin-qizlarning ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish, gender tenglik masalalari va gender madaniyati” mavzusida oʻquv seminari hamda respublika Forumi oʻtkazildi.
Unda Respublika oliy taʼlim muassasalarining xotin-qizlar maslahat kengashi raislari, jumladan Andijon mashinasozlik instituti rektorining xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi Muhtaramxon Haliqova ham ishtirok etdi.


Seminar yurtimizda xotin-qizlarga yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlarni keng targʻib etish, yoshlarni milliy qadriyatlar asosida oilaviy hayotga tayyorlash, xotin-qizlar oʻrtasida jinoyatchilik, zoʻravonlikka barham berishda oʻzaro tajriba almashish maqsadida tashkil etildi.


Forum davomida ishtirokchilar bilan Zakovat intellektual oʻyini, Milliy liboslar namoyishi va konsert dasturi, “Velo lady” sogʻlomlashtirish tadbirlari oʻtkazildi. Forum doirasida ishtirokchilar “Yetti pir” ziyoratgohlari boʻylab sayohat qildi.

Qidirish