Yangiliklar

Image

“Mashinasozlar” “Munozara”ning respublika bosqichida ishtirok etadi

Andijon davlat universitetida talabalarning intellektual salohiyatini oshirish hamda ularning iqtidorini roʻyobga chiqarish maqsadida “Munozara” respublika turnirining hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi.

Talaba va oʻquvchilarning faolligini oshirish markazi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda tanlovda viloyatimiz oliy taʼlim muassasalarida tahsil oluvchi talabalardan iborat jamoalar ishtirok etdi. 

Turnirda ishtirokchilar belgilangan mavzular doirasida bahs va munozaralar olib bordi. 

Yakuniy natijalarga koʻra ushbu Andijon mashinasozlik institutining “Mashinasozlar” jamoasi gʻoliblikni hamda respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Gʻolib jamoalar diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Qidirish