Yangiliklar

Image

Huquqbuzarliklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish yuzasidan uchrashuvlar

Payshanba — Huquqbuzarliklar va jinoyatchilikka qarshi profilaktika kuni munosabati bilan Andijon mashinasozlik institutining barcha fakultetlarida talabalar oʻrtasida huquqbuzarliklarni oldini olish va ularning profilaktikasi hamda yoʻl harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilish toʻgʻrisida targʻibot va tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, Mashinasozlik texnologiyasi, Avtomobilsozlik, Transport va logistika fakultetlarida boʻlib oʻtgan tadbirlarda firibgarlik va kiberjinoyatchilikning oldini olishda nimalarga eʼtibor qaratish lozimligi hamda sodir etilgan ushbu turdagi jinoyatlar va ularning salbiy oqibatlari haqida toʻxtalindi.

Shuningdek, tadbirda diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash saqlash, olib kirish yoki tarqatish yuzasida qonunchilikda belgilangan jazolar haqida maʼlumotlar berildi.

Qidirish