Yangiliklar

Image

Buyuk shoirga ehtirom

Turkman xalqining faxri, maʼnaviyatining oynasi boʻlgan Maxtumquli Firogʻiyning betakror poetik tafakkuri va jahon sheʼriyati xazinasiga qoʻshgan hissasi Gʻarbu Sharqdagi eng dongdor shoirlar ulushidan aslo kam emas. Bu orif, donishmand shoir oʻz millati boshidagi toj va tojidagi marjon-marvariddir.

Aslida bu betakror, alloma shoir faqatgina turkman xalqining emas, butun dunyo ahlining, jumladan, oʻzbek xalqining ham eng sevimli shoiri sanaladi. Yurtimizda mumtoz shoirning sheʼrlari va ular asosida yaratilgan qoʻshiqlar kirib bormagan biror-bir xonadon, uning nomini bilmaydigan biror-bir oʻzbek topilmaydi. 

Bu yil uning tavalludiga 300-yil toʻladi. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2024-yil 19-fevral kuni “Buyuk turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firogʻiy tavalludining 300-yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida” qaroriga asosan barcha muassasalarda turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlari oʻtkazilmoqda. 

Andijon mashinasozlik institutida ham Maxtumquli tavalludi munosabati bilan tadbir oʻtkazildi.

Axborot resurs markazida o‘tkazilgan tadbirda soʻzga chiqqan maʼruzachilar Maxtumquli Firogʻiyning hayoti va ijodi, uning jahon adabiyoti va madaniyati tarixida tutgan oʻrni haqida soʻzlashdi. Uning sheʼrlari oʻziga falsafasi, bebaqo dunyo tavsifi hamda oʻziga xos rubobiy ohangi bilan har qanday inson qalbiga yoʻl topishi qayd etildi.

Talabalar tomonidan shoir hayoti va ijodidan, asarlari asosida tayyorlangan sahna koʻrinishlari, turli mavzulardagi sheʼrlari va hikmatli soʻzlaridan parchalar ijro etilib, uning buyuk insonparvarlik tarbiyasi namoyish etildi. 

Qidirish