Yangiliklar

Image

Qizlar oʻrtasida qizgʻin va murosasiz bellashuvlar oʻtkazildi

Andijon mashinasozlik institutida Payshanba — Sport va salomatlik kuni munosabati bilan qizlar oʻrtasida sportning stol tennisi, shashka hamda voleybol turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazildi.

Bellashuvlar qizgʻin, murosasiz va voqeliklarga boy boʻldi.

Yakuniy natijalarga koʻra, stol tennisi boʻyicha Transport va logistika fakulteti Dilnozaxon Bahromjonova, shashka boʻyicha esa Transport va logistika fakulteti Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi yoʻnalishi talabasi Fotimaxon Mamadaliyevalar gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

 

Transport va logistika fakulteti talabalari Dilobar Joʻrayeva va Feruza Qahhorova, Avtomobilsozlik fakulteti talabasi Muxlisa Usmonova hamda Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakulteti talabasi Muxtasar Maxamedovalar yoʻnalishlari boʻyicha ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni qoʻlga kiritishdi.

Voleybol boʻyicha oʻtkazilgan bellashuvlarda Avtomobilsozlik fakulteti jamoasi birinchi, Transport va logistika fakulteti ikkinchi, Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakulteti esa uchinchi oʻringa sazovor boʻldi.

Qidirish