Yangiliklar

Image

Talabalarning Konstitutsiyaga oid bilimlari sinovdan oʻtkazildi

Andijon mashinasozlik instituti Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakultetida intellektual haftalik doirasida “Yangi Konstitutsiya bilimdonlari” intellektual oʻyini oʻtkazildi.

Ushbu bellashuv yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, aqliy tafakkuri va madaniyatini rivojlantirish, yangilangan Konstitutsiya mazmun-mohiyatini keng targʻib etish va amaldagi qonun hujjatlariga oid bilimini aniqlash hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etildi.

Unda birinchi, ikkinchi va uchinchi bosqich talabalaridan iborat 18ta jamoa qatnashdi.

Tanlov nizomiga koʻra, oʻyin davomida Konstitutsiya, qonun hujjatlaridagi atamalar mazmuni hamda inson huquqlariga oid mavzularda savollar berilib, ishtirokchilarning bilimlari sinovdan oʻtkazildi.

Qizgʻin oʻtgan bellashuv yakunida Axborot tizimlari va texnologiyalari yoʻnalishi 2-bosqich K-35-22 guruhi talabalari topqirligini namoyon qilib, gʻolibligini qoʻlga kiritishdi.

Axborot tizimlari va texnologiyalari yoʻnalishi 1-bosqich K-29-30 hamda ushbu yoʻnalish 3 bosqich K-89-21 guruhlari jamoalari ikkinchi va uchinchi oʻrinni egallashdi.

Qidirish