Yangiliklar

Image

“UZKOJI” qoʻshma korxonasida malakaviy amaliyot oʻtkazildi

Prezidentimiz tashabbusi bilan taʼlim sifati va samaradorligini oshirish, malakali mutaxassislar tayyorlash koʻlamini kengaytirish, iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ragʻbatlantirish, nazariy bilimlarni amaliyot bilan uygʻunlashtirish yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlar oʻz samarasini bermoqda.

Ushbu tashabbus ijrosini taʼminlash maqsadida Andijon mashinasozlik instituti tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, taʼlim va ishlab-chiqarish korxonalarining integratsion hamkorligida oliy maʼlumotli hamda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va belgilangan vazifalarini amalga oshirish maqsadida viloyatdagi qator mashinasozlik korxonalari hamkorligida 5+1 va 4+2 innovatsion oʻquv modellari qoʻllanilmoqda.

Loyiha doirasida ishlab chiqilgan innovatsion oʻquv modellari boʻyicha oʻquv-amaliyot mashgʻulotlari oʻtkazib kelinmoqda.

Shunga asosan kuni kecha Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi yoʻnalishi 3-bosqich talabalari uchun Xonobod shahrida joylashgan “Uz-Koji” aksiyadorlik jamiyati Oʻzbekiston-Koreya qoʻshma korxonasida malakaviy (tanishuv) amaliyoti tashkil etildi.

Qisqa muddatli amaliyot davomida talabalar korxona faoliyati, tarixi, ishlash faoliyati, mahsulotlar turi hamda ishlab chiqarish jarayonlarini koʻzdan kechirdilar.

Shuningdek, talabalarga xodimlarni ishga olish tartiblari toʻgʻrisida ham maʼlumotlar berib oʻtildi.

Qidirish